Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasining texnik ko‘mak missiyasi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

1_7j1a2443_p93395

2

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat mas’ul xodimlari va Xalqaro valyuta jamg‘armasining Shveysariya guruhi ijrochi direktori Patrik Loshevski, O‘zbekiston bo‘yicha missiyasi rahbari Yasser Abdix, O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Koba Gvenatadze va  boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

3

Uchrashuvda rasmiy statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish, jumladan, iqtisodiyotda xususiy sektorning hajmi va o‘sish sur’ati, YAIM statistikasi hamda uning tarkibida davlat korxonalari va yashirin iqtisodiyotning o‘rni, savdo ko‘rsatkichlariga doir masalalar muhokama qilindi.

4

Shuningdek, tadbirda SDDS (iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik ma’lumotlarni ommaga taqdim etish tartibini belgilovchi maxsus standart)ni amalga oshirish hamda texnik yordamni davom ettirishga kelishib olindi.

5