Joriy yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining mintaqaviy vakolatxonasi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

2

Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat mas’ul xodimlari hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Oliver Shtolpe, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining vakolatxonasi axborot markazi rahbari Salome Flores Sierra Franzonilar ishtirok etdi.

1

Uchrashuvda Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, BRM ko‘rsatkichlarini shakllantirish va ularni muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek, statistik ma’lumotlarni xalqaro talablarga moslashtirish yuzasidan fikr almashildi.

3_7j1a2716_p21643