Joriy yilning 24- aprel kuni Toshkent shahridagi xalqaro Westminster universitetida Milliy statistika qo‘mitasi, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Toshkent shahridagi xalqaro Westminster universiteti huzuridagi Amaliy tadqiqotlar markazi hamkorligida “O‘zbekistonda ma’lumotlarga asoslangan tadqiqotlar va dalillarga asoslangan siyosat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Jahon bankining O‘zbekistondagi katta iqtisodchisi Ikuko Uochi, Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqot institutidan Komiljon Akramov, Amaliy tadqiqiotlar markazidan Behzod Egamberdiyev, xalqaro Westminster universiteti prorektori Baxrom Mirkasimov va professor o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda Milliy statistika qo‘mitasidan rais o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich boshchiligida mutaxassislar va manfaatdor vazirlik va idoralarning xodimlari ishtirok etdi.


Davra suhbatida Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari kirish so‘zida statistik ma’lumotlarning ochiqligi va so‘nggi yillarda sohada amalga oshirilayotgan istiqbolli o‘zgarishlar borasida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va statistik registrlarni yuritish boshqarmasi boshlig‘i Shohruh Odilov “Statistika” integrallashgan axbotot tizimidan foydalanish va uning imkoniyatlari” mavzusida taqdimot qildi.

Taqdimotda SIAT axborot tizimida jami 2 900 dan ortiq rasmiy statistik ko‘rsatkichlar, 10 yillik dinamik qatorlarda, shuningdek, 30 yillik makroko‘rsatkichlar 5 yillik kesimda foydalanuvchilarga qulay va bepul shaklda yuklab olish uchun 3 xil (Excel, PDF va JPG) formatda hamda mustaqil ravishda integratsiya qilish uchun 3 xil (CSV, JSON va XML) formatda joylashtirilgan va doimiy ravishda yangilab borilayotganligi ta’kidlandi.

“Siat.stat.uz” portalida ma’lumotlarni interaktiv grafik, gistogramma va diagrammalar ko‘rinishida solishtirish, shuningdek, reyting shakllantirish va ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilash modullari joriy etilgan.
Davra suhbatida xalqaro tashkilotlar ekspertlari ham mavzuga doir taqdimotlar qilishdi.

Davra suhbati yakunida Milliy statistika qo‘mitasi mutaxassislari ishtorokchilar tomonidan berilgan barcha savollariga atroflicha javob berishdi.


