Joriy yilning 18-aprel kuni Milliy statistika qoʻmitasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) ning Oʻzbekistondagi vakili o‘rinbosari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi o‘rinbosari A. Ikramov boshchiligidagi markaziy apparat masʼul xodimlari hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) ning Oʻzbekistondagi vakili o‘rinbosari Sh. Umarov va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

Uchrashuvda aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mazkur jarayon uchun FAO tomonidan texnik, metodologik yordam, xalqaro ekspertlarni jalb qilish, metodik materiallar tayyorlash, kartografik ma’lumotlardan foydalanish, targ‘ibot vositalarini ishlab chiqish va yakuniy natijalarni e’lon qilish bo‘yicha ko‘mak va boshqa hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.


