Joriy yilning 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi va Gruziya statistika idorasi vakillari oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasidan Tadbirkorlik subyektlarini kuzatuv boshqarmasi boshligʻi M.Satimov, Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi boshligʻi Z.Yuldoshev, Raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va statistik registrlarni yuritish boshqarmasi boshligʻi Sh.Odilov, Ochiq maʼlumotlar portali boʻlimi boshligʻi A.Sultanov, Xalqaro munosabatlar va reytinglar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi U.Noipovlar va boshqa masʼullar, Gruziya statistika idorasidan Ishbilarmonlik statistikasi boshqarmasi boshligʻi Daviti Djorjoliani, Qisqa muddatli kuzatuvlar boʻlimi boshligʻi Tinatin Ksovreli, boʻlim bosh mutaxassisi Mamuka Benashvili, boʻlim yetakchi mutaxassisi Mariam Gogeniya, Statistik tanlanma kuzatuvlar boʻyicha mutaxassis Ivane Ketchakmadzelar masofaviy ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Gruziya statistika idoralari oʻrtasida tadbirkorlik subyektlari kuzatuvi va ishbilarmonlik statistikasi, statistik maʼlumotlarni toʻplash, tanlanma kuzatuvlar, shuningdek sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali koʻrsatkichlarning shaffofligi va ishonchliligini oshirish hamda boshqa uslubiy bilim va tajribalarni almashish masalalari muhokama qilindi.


