Joriy yilning 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasida Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha Belarus Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi ekspertlar guruhi bilan uchrashuv tashkil etildi.


Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat masʼul xodimlari va Belarus Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari J.N. Vasilevskaya, Demografiya statistikasi va aholini roʻyxatga olish Bosh boshqarmasi boshligʻi I.Ye. Bichan, Brest oblasti statistikasi Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari N.P. Tomasheva, Axborot texnologiyalari markazining axborot tizimlarini kuzatib borish va ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi V.Ye. Provoloskiy hamda BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.


Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy maʼlumotlardan foydalangan holda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishning metodik va uslubiy hujjatlari hamda idoraviy maʼlumotlar integratsiyasini yoʻlga qoʻyish, dastur va savolnoma shakllaridagi savollar, roʻyxatga olishning tashkiliy rejalarini tuzish boʻyicha yoʻriqnoma loyihasi va boshqa hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


