Joriy yilning 6-may kuni Milliy statistika qoʻmitasida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi hamda Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

1

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat masʼul xodimlari hamda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligining Markaziy Osiyoda mintaqaviy rivojlanish direktori Sara Kuper, dastur va siyosat rivojlanishi bo‘yicha menejer Samira Abdusalomovalar ishtirok etdi.

2

Uchrashuvda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan texnik yordami, ikki davlat o‘rtasida sohaga oid hamkorlikni kengaytirish va kelgusidagi hamkorlikning potensial yo‘nalishlari muhokama qilindi.