Joriy yilning 28-30- aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YIK) Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda “Isteʼmol narxlari indeksi” boʻyicha seminar tashkil etildi.

cpi2025_groupphoto_m_p65271

Ushbu seminarda 50 ta Yevropa va Osiyo davlatlarining statistika idoralari va markaziy banklari hamda 15 ta xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

5

Mazkur tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasidan Narxlar statistikasi boshqarmasining Ishlab chiqarish va isteʼmol narxlari statistikasi boʻlimi boshligʻi Shaxnoza Ismailova ishtirok etdi.

5244495320476414217-2_p80260

Yigʻilishning asosiy maqsadi “Isteʼmol narxlari indeksi” boʻyicha ilgʻor tajribalardan foydalanishni ragʻbatlantirish hamda tavsiyalar va isteʼmol narxlari indeksini hisoblash uchun yangi muqobil maʼlumotlar manbalarini joriy qilish va metodologiyasini oʻrganishdan iborat boʻldi.