Joriy yilning 7-may kuni Milliy statistika qoʻmitasi va Yaponiya statistika byurosi vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasidan Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi boshligʻi Z. Yuldoshev, Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshligʻi D. Zakirov, Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi N. Sheraliyev, Xalqaro munosabatlar va reytinglar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi U. Noipov, boʻlim bosh mutaxassisi B. Jalilov, Yaponiya statistika byurosidan Boshqaruv masalalari boʻyicha direktor Koshi Yuji, oʻrinbosar Akutsu Fumika, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Nakagava Yukiko, mutaxassislar Oyama Yuko, Katano Nanoka, Hiraga Rikalar ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida statistika sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan, aholini roʻyxatga olish jarayonlarida oʻzaro tajriba va amaliy maʼlumotlar almashish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar bu yoʻnalishdagi statistik maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va xalqaro standartlarga muvofiq ravishda taqdim etishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olishdi.


