Joriy yilning 13-may kuni Milliy statistika qoʻmitasida Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

7

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat masʼul xodimlari hamda Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy, Shtefan Fyule, Strategik islohotlar agentligi mutaxassisi Xojiislom Muxtorovlar ishtirok etdi.

7j1a4414_p79685

Uchrashuvda demografik siyosat strategiyasini ishlab chiqish, mavjud demografik tendensiyalarni chuqur tahlil qilish va ushbu jarayonlar asosida samarali chora-tadbirlarni belgilash hamda boshqa hamkorlik masalalari muhokama qilindi.