Joriy yilning 16– may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini tushuntirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda ustuvor vazifalarni belgilash, sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlarning murosasizligini oshirish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiyev kirish so‘zi bilan ochib, soʻzni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Yuridik bo‘limi boshlig‘i V. To‘xtayevga berdi. V. To‘xtayev кorrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir ekanligini ta’kidlab o‘tdi hamda xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 595-son qarori haqida tushunchalar berdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bosh mutaxassisi O. Soliyev korrupsiya davlatni yemiruvchi illat ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni haqida, xodimlarga manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo’ymaslik, korruspiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish hamda odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi.

Tadbir yakunida tadbir ishtirokchilarining savollariga batafsil javoblar berildi.


