Joriy yilning 22-may kuni Milliy statistika qo‘mitasida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari boshchiligidagi markaziy apparat mas’ul xodimlari, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) delegatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligidan mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.


Uchrashuvda O‘zbekistonning ekologik faoliyati samaradorligi to‘rtinchi sharhini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatkichlar, shuningdek, BRM ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobotlarni taqdim etishda qo‘mitaning roli, qo‘mitada ekologiya statistikasi bo‘yicha ma’lumotlarning yig‘ilishi va e’lon qilinishi va boshqa shu kabi masalalar muhokama qilindi.


