Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025- yilning yanvar-aprel oylarida 26 738 ta kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davri bilan solishtirganda 0,2 % ga oshgan.

Ularning soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanganda savdo sohasi yetakchi o‘rinni egallagan:

savdo sohasida – 10 016 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 661 ta

sanoat sohasida – 3 265 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 360 ta

qurilish sohasida – 1 547 ta

axborot va aloqa sohasida – 993 ta

tashish va saqlash sohasida – 824 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 490 ta

boshqa sohalarda – 3 582 tani tashkil etgan.

kichik-tadbirkorlik-sub_rasm_p90626