20/10/2020

2020- yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini rivojlantirish, sohada mutaxassis-kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan alohida vazifalar berilgan edi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan turli amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar o‘tkazilib kelinyapti.

Joriy yilning 20- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida “Statistika sohasidagi islohotlar: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Ushbu anjumanning o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad – davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash hamda statistika sohasida kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Tadbirni Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Sharipov Kongratboy Avezimbetovich ochib berdi.

Shundan so‘ng, Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – statistika sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi masalasida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Ilmiy-amaliy anjuman davomida Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Bahodir G‘ayibnazarov “Statistika sohasida kadrlar tayyorlash, statistik tadqiqotlarni amalga oshirish davr talabi” mavzusida so‘z yuritdi.

Qo‘mitaning Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov aholini ro‘yxatga olishning tarixi, xorijiy davlatlar tajribasi va O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishning mohiyati yuzasidan alohida ma'lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari mavzu yuzasidan fikr-mulohaza bildirishdi.

Anjuman so‘nggida sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni kelgusida ham davom ettirish, statistika sohasidagi kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech