Milliy statistika qoʻmitasida “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Jahon banki missiyasi aʼzolari ishtirokida qator uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Tashrif doirasida qoʻmita rahbariyati va masʼullar missiya aʼzolari bilan kun tartibidagi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashmoqda.

7

Muzokaralar jarayonida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik, maʼlumotlar markazini barpo etish uchun tender hujjatlarini shakllantirish, maʼlumotlarni tarqatish boʻyicha kompleks siyosatni ishlab chiqish, Milliy statistikani rivojlantirish strategiyasi, media markaz loyihasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ofis jihozlarini xarid qilish, xodimlar uchun seminar va treninglar tashkil etish, shuningdek, CATI (telefon orqali kompyuter yordamida soʻrov oʻtkazish) tizimi uchun metodologiya va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish kabi qator masalalar muhokama qilinmoqda.

7

Jahon banki missiyasining tashrifi 2025-yil 3-iyulgacha davom etadi.