Milliy statistika qoʻmitasida “Statistikani modernizatsiya qilish” mavzusida xalqaro ekspert doktor Pali Lexoxlaning amaliy tashrifi davom etmoqda.

7

Tashrif doirasida milliy statistika tizimini isloh qilish, zamonaviy xalqaro standartlar va ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha amaliy uchrashuv va muhokamalar oʻtkazilmoqda.

7b5a0478_p55732

Xususan, statistika tarmoqlarini takomillashtirish, institutsional salohiyatni oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, kadrlar malakasini yuksaltirish, media va axborot siyosati, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish kabi yoʻnalishlar boʻyicha fikr almashilmoqda. Shu bilan birga, mamlakat statistika tizimini transformatsiya qilish, zamonaviy statistika ofisini shakllantirish hamda oʻquv va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar muhokama qilinmoqda.

 

Xalqaro ekspert tashrifi 2025-yil 5-iyulgacha davom etadi.