2025-yilning 23-27-iyun kunlari Milliy statistika qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni oʻtkazishda texnik va konsultativ yordam koʻrsatish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy statistigi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat masʼul xodimlari va Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy statistigi Rasmiya Aliyeva hamda BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida FAOning “Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha Butunjahon dasturi (WCA 2020)”ga muvofiq tarzda, aholini jalb qilgan holda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ko‘rib chiqildi. Ro‘yxatga olishda qo‘llaniladigan atamalar va metodologiyalar bo‘yicha texnik ko‘rsatmalar taqdim etildi. Shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish dasturi chuqur o‘rganildi. Ro‘yxatga olishning axborot tizimiga qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlashga tayyorgarlik holati baholandi. Savolnoma shakllari muhokama qilindi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bilan bog‘liq modullarni integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


