Joriy yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

7j1a9760-11_07_2025-_p14783

Uchrashuvda Milliy statistika qo‘mitasidan rais o‘rinbosari Zoxidjon Ziyayev boshchiligidagi markaziy apparat mas’ul xodimlari, Qirg‘iz Respublikasi tomonidan elchixonaning savdo vakili Daniyor Ubishaliyev ishtirok etdi.

7

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi statistik ma’lumotlar almashinuvi, o‘zaro hamkorlik istiqbollari hamda savdo-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahliliy ishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

7