Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyul holatiga mamlakatimizda qurilish sohasida jami 29 400 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ushbu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 1 992 taga oshgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, jami korxonalarning 24,2 % ini tashkil etgan.

Ular hududlar kesimida quyidagicha:

Toshkent shahri – 7 118 ta;

Toshkent viloyati – 2 626 ta;

Samarqand viloyati – 2 180 ta;

Farg‘ona viloyati – 2 174 ta;

Buxoro viloyati – 2 095 ta;

Qashqadaryo viloyati – 2 018 ta;

Surxondaryo viloyati – 1 912 ta;

Andijon viloyati – 1 685 ta;

Qoraqalpog‘iston Resp. – 1 546 ta;

Xorazm viloyati – 1 466 ta;

Namangan viloyati – 1 348 ta;

Jizzax viloyati – 1 210 ta;

Navoiy viloyati – 1 166 ta;

Sirdaryo viloyati – 856 ta.

rasm-ur_sh-korkhonalari_p13324