Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyul holatiga respublikamizda 393 359 ta kichik tadbirkorlik subyekti (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 35 243 taga oshgan.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, jami soniga nisbatan 23,4 % ini tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni hududlar kesimida:
Toshkent shahri – 91 916 ta
Toshkent viloyati – 38 140 ta
Samarqand viloyati – 34 124 ta
Farg‘ona viloyati – 30 817 ta
Qashqadaryo viloyati – 24 658 ta
Buxoro viloyati – 24 335 ta
Xorazm viloyati – 22 709 ta
Andijon viloyati – 21 890 ta
Namangan viloyati – 21 648 ta
Surxondaryo viloyati – 21 053 ta
Qoraqalpog‘iston Resp. – 18 915 ta
Navoiy viloyati – 17 766 ta
Jizzax viloyati – 15 492 ta
Sirdaryo viloyati – 9 896 ta



