Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 10 ming nafar Yaponiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,5 ming nafarga yoki 53,2 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Yaponiya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

sayyohlik – 8 950 nafar

qarindoshlarni yo‘qlash – 751 nafar

xizmat yuzasidan – 286 nafar

o‘qish – 36 nafar

tijorat – 1 nafar

r