O‘zbekiston Respublikasida 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan 4806 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 23,8 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2019- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 111,8 % ni tashkil etdi.

To‘qimachilik korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Farg‘ona viloyati – 14,8 % (712 ta faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati – 10,6 % (788 ta), Samarqand viloyati – 9,6 % (359 ta) hamda Toshkent shahri – 8,8 % (388 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ma'lumot o‘rnida: Joriy yilning yanvar-sentabr oyida 1,3 mlrd. AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, respublika umumiy eksport hajmining 10,8 % ini tashkil etdi va o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 14,6 % ga o‘sdi.
Shuningdek, yil boshidan 455 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 60 ta davlatiga eksport qilindi.
Axborot xizmati


