Joriy yilning 18-iyul kuni Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil II choragi yakunlariga bagʻishlangan kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

1

Yigʻilishda qoʻmita rahbariyati, markaziy apparat boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda hududiy statistika boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi.

2_p80989

Hayʼat yigʻilishida Statistika ishlari dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 27-sonli farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi hamda 2025-yilning ikkinchi choragida bajarilgan  ishlar tahliliga toʻxtalib oʻtildi.

3_p87446

Kun tartibidagi masalalar doirasida 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va aniqlangan kamchiliklar tahliliy-tanqidiy tarzda muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-sonli qaroriga muvofiq, tadbirkorlarga “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama etildi. Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi tomonidani ishlab chiqilgan “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatining konsepsiyasi va mazkur xizmatni ko‘rsatish tartibi yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirib o‘tildi.

4_p30370

Yigʻilish yakunida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va samarali bajarish uchun barcha markaziy apparat boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda hududiy statistika boshqarmalari rahbarlaridan tashabbuskorlik va masʼuliyat talab etilishi taʼkidlandi.