2025-yilning 22-iyul kuni Milliy statistika qoʻmitasida Amerika Qoʻshma Shtatlari Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati mas’ul xodimlari, AQSH delegatsiyasidan CLDPʻning xalqaro advokat-maslahatchisi Joselin Stayner, katta xalqaro dasturlar boʻyicha mutaxassis Sidney Dinenberg hamda AQSHning Toshkent shahridagi elchixonasi mutaxassisi Yekaterina Biryukova ishtirok etdi.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad — iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalar, ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini mustahkamlash masalalarida axborot almashish hamda istiqboldagi hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilishdan iborat boʻldi.

Muzokaralar chogʻida gender kesimidagi maʼlumotlarni disagregatsiya qilish, ular asosida samarali siyosat va dasturlarni shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, davlat organlari va xalqaro sheriklar oʻrtasida axborot almashinuvini takomillashtirish, texnik koʻmak yoʻnalishlarini belgilash va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.


