Joriy yilning 24-iyul kuni Milliy statistika qoʻmitasida hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirokida “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Prezidentimizning 2025-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-sonli qaroriga muvofiq, tadbirkorlarga “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Xususan, tadbirkorlik subyektlari uchun maslahat va axborot-tahliliy ko‘mak ko‘rsatish tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatining konsepsiyasi, mazkur xizmatni ko‘rsatish tartibi, jarayonlarni tashkil etish mexanizmlari seminar ishtirokchilariga batafsil tushuntirib o‘tildi va ularni qiziqtirga savollarga atroflicha javob berildi.

Seminar yakunida konsalting xizmatini ko‘rsatish tartibida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va samarali bajarish uchun barcha tizim rahbarlari va mas’ul xodimlaridan tashabbuskorlik va masʼuliyat talab etilishi taʼkidlandi.



