Joriy yilning 28-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan hududiy statistika organlari xodimlari uchun navbatdagi sayyor o‘quv seminari o‘tkazildi.

i

Seminarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-sonli qaroriga muvofiq, tadbirkorlarga “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama etildi.

img_1439_p20231

Xususan, seminar ishtirokchilariga tadbirkorlik sub’ektlari uchun maslahat va axborot-tahliliy ko‘mak ko‘rsatish tizimini joriy etish bo‘yicha Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatining konsepsiyasi va mazkur xizmatni ko‘rsatish tartibi tushuntirib o‘tildi.

i

Seminarda statistika organlari konsalting xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish mexanizmlari aniq misollar bilan koʻrsatib o‘tildi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

i