Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga savdo sohasidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 137 109 tani tashkil etdi.
Hududlar kesimida savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Toshkent shahrida – 30 759 ta;
Samarqand viloyatida – 13 601 ta;
Toshkent viloyatida – 13 186 ta;
Farg‘ona viloyatida – 11 641 ta;
Qashqadaryo viloyatida – 8 605 ta;
Namangan viloyatida – 7 940 ta;
Xorazm viloyatida – 7 615 ta;
Andijon viloyatida – 7 578 ta;
Buxoro viloyatida – 7 570 ta;
Surxondaryo viloyatida – 7 550 ta;
Navoiy viloyatida – 6 896 ta;
Qoraqalpog‘iston Resp. – 6 339 ta;
Jizzax viloyatida – 4 550 ta;
Sirdaryo viloyatida – 3 279 ta.



