Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 871 tani tashkil etgan.
Shundan, 3 965 tasi qo‘shma korxonalar va 10 906 tasi xorijiy korxonalardir.
Ulardan MDH davlatlari kapitali ishtirokidagi korxonalar soni quyidagicha:
Rossiya – 2 937 ta;
Qozog‘iston – 1 041 ta;
Tojikiston – 314 ta;
Qirg‘iz Respublikasi – 287 ta;
Ozarbayjon – 263 ta;
Belarus – 237 ta;
Armaniston – 46 ta;
Moldova – 25 tani tashkil etgan.


