Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,9 kvadrat metrni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,4 kvadrat metrga oshgan.
Hududlar kesimida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi:
Navoiy viloyati – 27,4 kv. m
Xorazm viloyati – 24,1 kv. m
Toshkent shahri – 22,9 kv. m
Toshkent viloyati – 22 kv. m
Farg‘ona viloyati – 20,1 kv. m
Samarqand viloyati – 20 kv. m
Sirdaryo viloyati – 19,8 kv. m.
Qoraqalpog‘iston R. – 17,6 kv. m
Jizzax viloyati – 17,4 kv. m
Buxoro viloyati – 17,2 kv. m
Namangan viloyati – 16,6 kv. m
Qashqadaryo viloyati – 16,4 kv. m
Andijon viloyati – 15,8 kv. m
Surxondaryo viloyati – 13,4 kv. m



