O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-27-son Farmonida Milliy statistika qoʻmitasi bilan faol ishlaydigan jurnalist, bloger va ommaviy axborot vositalari vakillari oʻrtasida “Eng yaxshi statistik tahlil” tanlovini oʻtkazish vazifasi belgilangan edi.

Mazkur tanlovda har bir ishtirokchi rasmiy statistika koʻrsatkichlari asosida tayyorlagan tahliliy materiallari bilan qatnashishi mumkin. Maqola (gazeta/jurnal), xabar (internet sayti va telegram kanal), video material (televideniye)lar sodda va aniq tahlillar asosida tayyorlanib, eng ommabop ommaviy axborot vositalarida yoritilgan boʻlishi lozim edi.

“Eng yaxshi statistik tahlil” tanlovi natijalariga ko‘ra:

bosma nashrlardagi eng yaxshi tahliliy maqola nominatsiyasi bo‘yicha Biznes-Daily “Birja” hamda “Yangi O‘zbekiston” gazetalari;

internet saytlari va telegram kanallaridagi eng yaxshi tahliliy material nominatsiyasi bo‘yicha “Kursiv Media Uzbekistan”, “Gazeta.uz”, “Kun.uz”, “Spot.uz” saytlari;

telekanallarda efirga uzatilgan eng yaxshi videomaterial nominatsiyasi bo‘yicha “Oʻzbekiston 24” telekanali g‘olib deb topildi.

Tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

s