Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida 4,3 mlndan ziyod Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 954,4 ming nafarga yoki 28,2 % ga oshgan.

Joriy yilning 7 oyida chet elga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolari soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Qirgʻiz Respublikasi - 1 918 904 nafar

Qozogʻiston - 799 429 nafar

Tojikiston - 754 123 nafar

Rossiya - 274 356 nafar

Saudiya Arabistoni - 151 705 nafar

Turkiya - 141 753 nafar

BAA - 82 587 nafar

Misr - 38 081 nafar

Vyetnam - 22 762 nafar

Xitoy - 20 484 nafar

Boshqa davlatlar - 132 339 nafar

u