Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 1354,3 ming kishini tashkil etdi. Kelgan chet el fuqarolarining 687,5 ming nafarini (50,8 %) erkaklar, 666,8 ming nafarini (49,2 %) ayollar tashkil etgan. Turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, ularning 88,5 % i qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida kelgan.
Axborot xizmati