Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida joriy yilning 22–23-avgust kunlari mamlakatimiz boʻylab umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

1

2

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari ham faol qatnashdi.

3

4

Hashar davomida qoʻmita hududi obodonlashtirildi, bino, xonalarda tozalash ishlari olib borilib, yashil hududlar tartibga keltirildi.

5

6

Bu kabi tadbirlar xalqimiz birdamligini oshirish, milliy urf-odatlarimizni abadiylashtirish, shuningdek, atrof-muhitni asrab-avaylash, hududlarni obodonlashtirish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga xizmat qiladi.

7