Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida respublikada 93 trln soʻmlik savdo xizmatlari koʻrsatilgan.

Bu koʻrsatkichning jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 17,1 % ni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,7 % ga oshgan.

Hududlar kesimida jami savdo xizmatlarining hajmi:

Qoraqalpogʻiston Resp. – 2,9 trln soʻm

Andijon viloyati – 5,3 trln soʻm

Buxoro viloyati – 4,7 trln soʻm

Jizzax viloyati – 2,9 trln soʻm

Qashqadaryo viloyati – 5 trln soʻm

Navoiy viloyati – 2,6 trln soʻm

Namangan viloyati – 5,3 trln soʻm

Samarqand viloyati – 6,4 trln soʻm

Surxondaryo viloyati – 4,5 trln soʻm

Sirdaryo viloyati – 1,2 trln soʻm

Toshkent viloyati – 8,4 trln soʻm

Fargʻona viloyati – 7 trln soʻm

Xorazm viloyati – 2,5 trln soʻm

Toshkent shahri – 34,2 trln soʻm

savdo_p57811