Milliy statistika qo‘mitasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni eng ulugʻ, eng aziz bayram — Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz ko‘plab sohalarda ulkan yutuqlarga erishib, xalqimizning farovon hayotini ta’minlash yo‘lida muhim islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. Mustaqillik bizga o‘z yo‘limizni tanlash, milliy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash, yurtimiz ravnaqini ta’minlashdek ulkan imkoniyatlarni berdi.
Aziz yurtdoshlar! Sizlarni tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam poydevori bo‘lgan bu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etib, barcha ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilalaringizga fayz-u baraka, yurtimizga esa tinchlik va taraqqiyot tilaymiz.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!



