Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 56,3 ming tonna uzum yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 % ga o‘sgan.
Hududlar kesimida yetishtirilgan uzum hajmi quyidagicha:
Surxondaryo viloyati – 15,6 ming tonna
Namangan viloyati – 8 ming tonna
Qashqadaryo viloyati – 8 ming tonna
Buxoro viloyati – 6,7 ming tonna
Samarqand viloyati – 4,9 ming tonna
Farg‘ona viloyati – 3 ming tonna
Navoiy viloyati – 2,9 ming tonna
Andijon viloyati – 2,4 ming tonna
Toshkent viloyati – 1,4 ming tonna
Xorazm viloyati – 1,4 ming tonna
Sirdaryo viloyati – 0,9 ming tonna
Jizzax viloyati – 0,7 ming tonna
Qoraqalpog‘iston Resp. – 0,4 ming tonna



