2025- yil 5- sentabrdan 20- sentabrgacha quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:
5-sentabr
12-korxona shakli Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar
12 korxona (savdo) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot. Hududiy alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxs bo‘lgan ulgurji, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va ovqatlanish tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari)
12 korxona (xizmat) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot. Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari) hamda notijorat tashkilotlar
6- sentabr
12 korxona (sanoat) (12 korxona shakliga ilova) hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisoboti “Hududgazta’minot” AJ
18- sentabr
12-moliya shakli Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, dexqon va fermer xo‘jaliklari, banklar, sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari
20- sentabr
1-sanoat (paxta) shakli Paxta xomashyosi hosilini qayta ishlash natijalari to‘g‘risida hisobot Paxta tozalash zavodlari, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqaruvchi va klasterli tashkilotchilar


