Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-avgust holatiga respublikamizda 37 816 ta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda.

Ularning soni yil boshidan buyon 1 551 taga oshgan.

Tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulushi savdo sohasiga (40 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.

Ularning sohalar kesimidagi soni quyidagicha:

savdo sohasida – 15 125 ta

sanoat sohasida – 8 565 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 7 244 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 596 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 652 ta

tashish va saqlash sohasida – 339 ta

qurilish sohasida – 299 ta

axborot va aloqa sohasida – 244 ta

boshqa sohalarda – 2 752 ta

rasm-oilavij-korkhonalarga_p49271