Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 273,4 trln so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha investitsiyalar hajmi quyidagicha:

— qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 24,3 trln so‘m

— tog‘- kon sanoati – 29,6 trln so‘m

— ishlab chiqarish sanoati – 74,2 trln so‘m

— elektr energiyasi, gaz, bug‘ va kondensiyalangan havo – 38,4 trln so‘m

— suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yig‘ish va qayta foydalanish – 7 trln so‘m

— qurilish – 20,2 trln so‘m

— ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va mototsikllarni ta’mirlash – 9,1 trln so‘m

— tashish va saqlash – 15,2 trln so‘m

— yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 3,8 trln so‘m

— axborot va aloqa – 3,4 trln so‘m

— moliya va sug‘urta faoliyati – 2 trln so‘m

— kasbiy, ilmiy va texnik faoliyat – 2,1 trln so‘m

— ta’lim – 4,2 trln so‘m

— sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 5,8 trln so‘m

— san’at, ko‘ngil ochish va dam olish – 1,2 trln so‘m

— turar-joy qurilishiga investitsiyalar – 21,7 trln so‘m

— boshqa faoliyat turlari – 11,2 trln so‘m

rasm-investga-04_09_p33396