Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-avgust holatiga respublikamizda chet el investitsiyasi ishtirokida 16 609 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Shundan 4 094 tasi qo‘shma va 12 515 tasi xorijiy korxonalardir.

Ular tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulushi 35,9 % – savdo sohasiga to‘g‘ri kelgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ular quyidagicha:

savdo sohasida – 5 960 ta;

sanoat sohasida – 3 449 ta;

qurilish sohasida – 1 248 ta;

axborot va aloqa – 1 220 ta;

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 704 ta;

tashish va saqlash sohasida – 551 ta;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 404 ta;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 197 ta;

boshqa sohalarda – 2 876 ta.

01212554_p46449