Joriy yilning 11-sentabr kuni Milliy statistika qoʻmitasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiy statistika kafedrasi filialining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda qoʻmita raisi oʻrinbosari Z. Ziyayev boshchiligidagi markaziy apparat masʼul xodimlari hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati, professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda filial boʻyicha qoʻmita va universitet oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, talabalar bilan davra suhbati tashkil etilib, qoʻmitada tashkil etilgan “call-center” bilan tanishtirildi. Unda hisobot davrida respondentlar murojaatlariga operator sifatida javob berish uchun mazkur yoʻnalish talabalari jalb etilishi taʼkidlandi. Bu ularga taʼlim olish jarayonida nazariy bilimlarni oʻzlashtirish bilan birga, ish amaliyotida bevosita tajriba toʻplash imkoniyatini ham yaratadi.

Umuman olganda, mazkur filialning tashkil etilishi talabalar uchun ilm-fan va amaliyot uygʻunligini taʼminlash hamda soha uchun zamonaviy kadrlar yetishtirishga xizmat qiladi.


