Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-iyul oylarida ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 20,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 3,6 % ga oshgan.

Bu jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,8 % ini tashkil etdi.

Ta’lim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida ularning ulushi 46,4 % ni tashkil etdi.

talimga-rasm-120925_p45935