Milliy statistika qoʻmitasida yoshlar yetakchisi tomonidan yosh xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida psixologik seminar-trening tashkil etildi.

7

Tadbirda psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, “Shuhrat” medali sohibi Nuriddin Ubaydullayev ishtirok etdi va u “Muvaffaqiyat sari: vaqtni toʻgʻri boshqarish, kuchli xotira va liderlik sirlari” mavzusida maʼruza hamda mashgʻulotlarni olib bordi. Trening davomida ishtirokchilar vaqtni samarali boshqarish boʻyicha foydali usullar, kuchli xotirani shakllantirish yoʻllari, liderlik sifatlarini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar bilan tanishdilar, shuningdek, ish jarayonida samaradorlikni oshirish, jamoada toʻgʻri muloqot qilish va qaror qabul qilish koʻnikmalariga oid foydali maʼlumotlar ham oldilar.

7

Seminar-trening yakunida psixologik testlar va interaktiv mashqlar orqali qatnashchilarning bilim va koʻnikmalari mustahkamlandi.