Joriy yilning 15–18-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan poytaxtimizda “Xonatlas – 2025” festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu kuni yurtimizdagi turli tashkilot, idora va o‘quv maskanlarida xotin-qizlar qadriyatlarimizni e’zozlagan holda xonatlas kabi milliy liboslarimizni kiyib, festival maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan “Xonatlas –2025” festivalida qo‘mitada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham faol qatnashdi.

Ta’kidlash lozimki, bu kabi festivallarning o‘tkazilishi milliy qadriyatlarimizning yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.


