2022- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tabdiriga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2021- yilda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ham sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish tadbirlari tashkil etiladi.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari va ularni toʻldirish yoʻriqnomasini dastlabki sinovdan oʻtkazish maqsadida shu yilning 3–6- noyabr kunlari Yashnobod tumanidagi “Donishmand” mahalla fuqarolar yigʻini aholisini roʻyxatdan oʻtkazish rejalashtirilgan.

2020- yil 2- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida mazkur kuzatuvda ishtirok etuvchi xodimlar uchun amaliy oʻquv seminar tashkil etildi.

Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari Maxmudjon Ziyadullayev boshchiligida tashkil etilgan ushbu seminarda qo‘mita mas’ul xodimlari va Toshkent shahar statistika boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA)ning Oʻzbekistondagi vakili Yu Yu ham qatnashib, savolnomalarni toʻldirish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.

Tadbirda aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Seminar davomida kuzatuvchilarga aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Axborot xizmati