Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 98 ta konsert tashkiloti faoliyat yuritgan.

2024-yil davomida konsertlarga jami 10,5 mln nafar tomoshabin tashrif buyurgan.

Konsertlarga tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha eng yuqori qayd etilgan hududlar:

Toshkent shahar – 5 810,6 ming nafar;

Samarqand viloyati – 505,2 ming nafar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi  – 461,9 ming nafar;

Surxondaryo viloyati  – 403,3 ming nafar;

Xorazm viloyati  – 397,1 ming nafar.

rasm-kontsertlar_p38506