Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida kompyuter va periferik uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 983,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,8 % ga o‘sgan.
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida kompyuter va periferik uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmining ulushi 12,3 % ni tashkil etgan.



