Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etildi.

Joriy yilning 22-24 avgust kunlari Milliy statistika qo‘mitasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida markaziy apparat xodimlari hamda ularning farzandlari o‘rtasida “Sport festivali” tashkil etildi.

Mazkur “Sport festivali”da yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va workout sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.


“Sport festivali” g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.


