Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda ishlab chiqarish sanoati bo‘yicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 137,1 trln so‘mga yetgan.
Ularning asosiy qismi to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim ishlab chiqarishiga (16,3%) to‘g‘ri kelgan.
Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha:
— 2021-yil – 52,4 trln so‘m
— 2022-yil – 67,8 trln so‘m
— 2023-yil – 95,8 trln so‘m
— 2024-yil – 137,1 trln so‘m



