Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 113,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 % ga oshgan.

Transport xizmatlarining jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 18,1 % ni tashkil etdi.

Transport xizmatlari hajmi eng yuqori bo‘lgan TOP-5 hududlar:

Toshkent shahri – 24,9 trln so‘m;

Toshkent viloyati – 8,2 trln so‘m;

Samarqand viloyati – 7,9 trln so‘m;

Farg‘ona viloyati – 6,3 trln so‘m;

Andijon viloyati – 5,3 trln so‘m;

Buxoro viloyati – 4,6 trln so‘m.

t